TO’SUNSOY
TO’SUNSOY — Samarqand viloyatidagi soy. Nurota tog’larining Janub yon bag’irlaridan boshlanadi. Uzunligi 76 kilometr suv yig’ish maydoni 110 kilometr kvadrat. O’rtacha yillik suv sarfi 1,5—2,5 m3/sek. Daryo vodiysida dehqonchilik rivojlangan. Suvi Payariq tumani ekin maydonlarini sug’orishga sarflanadi.