TO’SUNSOY SUV OMBORI
TO’SUNSOY SUV OMBORI — Samarqand viloyatidagi suv ombori. Nurota toglarining Janub yon bag’irlaridan boshlanib, bir necha soylarning suvlaridan hosil bo’ladigan To’sunsoy daryosining yuqori oqimida (Qaraqchitov tog’lari Jan.da) barpo etilgan. Daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. 1989 yilda qurilib ishga tushirilgan. To’liq hajmi 52,1 million metr. To’g’on balandligi 40,6 metr, maksimal suv o’tkazish qobiliyati 40 metr kub/sekund. Ombor suvi Sag’anoqsoy orqali Okdaryoga quyiladi. Ishtixon, Kattaqo’rg’on tumanlaridagi ekin maydonlari sug’oriladi.