TOVAR OBOROTI

TOVAR OBOROTI — tovarlarning aylanishi, ishlab chiqarish va iste’molni birbiriga bog’lovchi takror ishlab chiqarish jarayonining bosqichi. Tovar muomalasi sohasida ishlab chiqarilgan mahsulot oldi-sotdi orqali ayirboshlanadi. Tovar oborotining aniq tashkil etilishi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga olib keladi. Tovar muomalasi sohasi tarmoqlar (savdo, tayyorlov) uchun tovar oboroti ular faoliyatlarining asosiy ko’rsatkichi hisoblanadi. Shu bilan birga tovar oboroti tovar muomalasi ko’lamlarini ko’rsatuvchi muhim xalq xo’jaligi ko’rsatkichi hisoblanadi.