Tovlamachilik

Tovlamachilik — mulkiy jinoyatlardan biri. O’zbekiston jinoyat huquqiga ko’ra, T. jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo’rlik ishlatish, mulkka shikaet etkazish yoki uni nobud qilish, yoxud jabrlanuvchi uchun sir saklanishi lozim bo’lgan ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo’rqitib o’zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo’sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o’z mulki yoki mulkka bo’lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo’yish demakdir. T.da fakdt moddiy boyliklargina emas, balki mulkiy maqomdagi hujjatlar, qarz (tilxat), merosdan voz kechish to’g’risidagi hujjat, moddiy boyliklarni olish uchun ishonch qog’ozi, sanatoriylarga yo’llanma va h.k. ham tajovuz buyumi bo’lishi mumkin. T. jinoyati tamagirlik motivi bilan sodir kilinadi. T.da mulk zo’rlik ishlatilib tortib olinmaydi, balki uning egasi tomonidan o’z ixtiyori bilan beriladi. Shuningdek, T.da jabrlanuvchiga nisbatan qo’llaniladigan do’qpo’pisa, agar jabrlanuvchi tovlamachining talabini bajarmasa, keyinchalik amalga oshirilishi nazarda tutiladi. Ko’pgina hollarda T. shantaj, reket nomi bilan ham ataladi. Lekin shantaj ham, reket ham T.dan farq qiladi. Shantaj—shaxsiy sharmanda qiladigan ma’lumotlarni oshkor etish bilan qo’rqitib, biron bir harakatni so-dir ettirish bo’lsa, reket bir necha shaxslar tomonidan do’q qilish, zo’rlik ishlatish va ko’rqitish orqali amalga oshiriladigan qilmishdir. T. uchun O’zbekiston Respublikasi JKning 165moddasida jinoiy javobgarlik belgilangan. Mirzayusuf Rustamboev.