Tovuqsimonlar
Tovuqsimonlar (Galliformes) qushlar turku mi. Ikki katta oila (krakslar va qirg’ovullar), besh oila (krakslar, xastovuklar, qirg’ovullar, kurkalar, qurlar)ga mansub 250 turi mavjud. T. Antarktidadan boshqa hamma joyda tarqalgan. Tanasi 12 sm dan (bedana) — 235 sm gacha (arguslar), og’irligi 80-120 g dan (Vedana) — 16 kg gacha (karqurlar). Tumshug’i qisqa, mustahkam. Oyoklari baquvvat. Qanotlari katta, lekin yomon uchadi. Pati qalin, pari siyrak. T.ning nari modasiga nisbatan yirik va rangdor. Ba’zi turlarining yuz qismi patsiz, etli o’smalari bo’ladi. Ko’pchilik turlari o’troq yashaydi yoki ko’chib yuradi. Ayrim turlari (mas., bedana) qishda uchib ketadi. Ko’pchilik turlari poligam (q. Poligamiya). Sodda uyasini, asosan, erga yasaydi. Odatda, yilda bir marta 2-25 ta tuxum qo’yadi; 12-30 kun bosadi. Xastovuklar tuxumini qum yoki chiriyotgan barglarga ko’mib qo’yadi. Asosan, o’simliklar urug’i, kurtagi, mevasi va bargi bilan oziklanadi. Hasharotlar, chuvalchanglar va b. mayda hayvonlarni ham eydi. T. ovchilik va naslchilik ishlarida katta ahamiyatga ega. Tutqunlikda yaxshi ko’payadi. Noyob va kamayib borayotgan turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi va bir qancha mamlakatlar qizil kitobiga, Zarafshon qirg’ovuli O’zbekiston Respublikasi qizil kitobiga kiritilgan.