Tovus turna, tojli turna

Tovus turna, tojli turna (Balearica pavonina) — turnasimonlar turkumiga mansub kush. Oddiy turna kattaligida. Kulrang, qanotlari oqqora. Boshida qattiq, sarg’ish tusli patlardan iborat kokili (toji) bor. Tuda (ko’payish davrida juft) bo’lib dare vohalarida o’troq yoki yarim o’troq yashaydi. 2 ta tuxum qo’yadi. Asosan, mayda suvda va quruqlikda yashovchilar, hasharotlar, shilliqqurtlar, chuvalchanglar, shuningdek, o’simliklar urug’i va yashil qismlari bilan oziklanadi. Tutqunlikda boqilganda ham ko’payadi.