Tovush yozib olish
Tovush yozib olish (texnikada) — tovush (nuqt, musiqa, qo’shiq va b.) ni tovush eltgich (magnit lenta, grammofon plastinkasi, disk va b.) ga yozib olish jarayoni. Akustik va elektroakustik usullar bilan amalga oshiriladi. Akustik usulda tovush tebranishlari yozuv (tovush) eltuvchi moddaga ta’sir qiluvchi asbobni bevosita boshkaradi. Elektroakustik usulda tovush tebranishlari mikrofon vositasida elektr tebranishlariga aylantiriladi va kuchaytirilgandan keyingina tovush eltgichga tushiriladi. T. yo.o.ning mexanik, fotografik va magnit tizimlari mavjud. Mexanik tizimda Nina harakatlanayotgan tovush eltgichni bosib, uning sirtida tovush tebranishlari shakliga Moe keluvchi ariqchalar chizadi. Tovushni tiklash (kayta eshitish) da grammofon ninasi shu ariqchalar bo’ylab harakatlanib, o’sha tebranishlarni takrorlaydi va uni membranaga uzatadi. Mexanik usulda yozib olishni 1877 y. amerikalik ixtirochi T. A. Edison birinchi bo’lib qo’llagan. Mexanik tizimi grammofon plastinkalar ishlab chiqarish.da keng qo’llaniladi. Fotografik tizimda harakatlanayotgan kinoplyonkaga kuchi yoki shakli tovush tebranishlariga Moe holda o’zgarayotgan yorutlik nuri tushadi. Natijada tovush «suratga olingan»dek bo’ladi. Tizimni 1901 y. nemis olimi E.Rumer qo’llagan. Fotografik tizim, asosan, ovozli kinoda qo’llaniladi. Magnit tizimda tovush tebranishlariga Moe hodda magnit maydonida harakatlanayotgan lentaning ayrim qismlari magnitlanib boradi. Magnit maydon esa magnit kallagi o’ramidan mikrofonning kuchli elektr toki o’tganda hosil bo’ladi. Tovushni qayta tiklashda magnit fonogrammasi harakatlanib, magnit kallagi o’ramida elektr signallari hosil qiladi (yana q. Magnitofon). Magnit tizimni 1898 y. daniyalik muhandis V. Paulsen taklif qilgan. 20-a. 80-y. laridan T.yo.o.ning raqamli usuli ham qo’llana boshladi. T.e.o. radioeshittirish, televidenie, ta’limtarbiya ishlari va b. sohalarda muhim ahamiyatga ega.