TO’XTASINOV MA’MURJON SALIMJONOVICH

TO’XTASINOV MA’MURJON SALIMJONOVICH (1958.18.11, Oltiariq tumani) — lirik xonanda, O’zbekiston xalq artisti (2000). Toshkent madaniyat intini tugatgan (1986). Oltiariq madaniyat uyida badiiy rahbar, musiqa maktabida o’qituvchi (1986— 96), «Uzbeknavo» birlashmasi Farg’ona viloyati bo’limida yakkaxon xonanda (1997 y.dan). Ovozi mayin, keng diapazonli, ijro uslubi Farg’ona vodiysi hofizlik an’analariga asoslangan. Repertuaridan maqom yo’llari («Chorgoh», «Saraxbori Oromijon», «Savti Suvora» va b.), mumtoz ashula va zamonaviy bastakorlar asarlari («kucha bog’i», «Mustahzod», A. Ismoilovning «gohogoho kelasan», R. Tursunovning «G’amzasin» va b.) o’rin olgan. Ayniqsa, «Bobur» (1990, «yaxshilik»), «Layli va Majnun» (1993), «kecha va kunduz» (1995), «Shahzoda va Malika» videofilmlariga aytgan mumtoz va o’zi bastalagan ashulalari mashxur. Tojikiston, Qozog’iston, Germaniya kabi mamlakatlarda gastrolda bo’lgan. Ijrolari 2 ta gramplastinka («Dilrabolar», 1987; «Orzular parvozi», 1988) O’zbekiston radiosi fonojamg’armasiga yozilgan. Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori (1998).