TO’XTAYEV AZAMAT RAMZIDDINOVICH

TO’XTAYEV AZAMAT RAMZIDDINOVICH (1946.25.4, Toshkent) — me’mor. O’zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi (1997). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan me’mor (1991). Toshkent politexnika institutini tugatgan (1970). Toshkentdagi loyihalash ilmiy tadqiqot institutida loyihalovchi, katta me’mor, loyiha bosh me’mori, guruh rahbari, direktor (1963 93). O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi «O’zinterqurilish» firmasida bosh direktor (1993— 95), O’zbekiston me’morlar uyushmasi boshqaruvi raisi (1998 — 2000), O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi raisi (2000 yildan). To’xtayev O’zbekiston va boshqa davlatlardagi bir qancha bino loyihalari muallifi: Issiqko’ldagi dam olish uyi (1968), Qarshidagi musiqali drama teatri (1976), Moskvadagi O’zbekiston Respublikasi elchixonasi intereri (1978). O’zbekiston Respublikasi banklar assotsiatsiyasi binosi (1998— 2000) va boshqalar. «Mehnat shuhrati» ordeni bn mukofotlangan (1999).