Toynbi (Toynbee) Arnold
Toynbi (Toynbee) Arnold (1852. 23.8, London — 1883.9.3, Uimbldon) — ingliz tarixchiiqtisodchisi. Oksford untini tugatgan, shu erda 1878 y.dan siyosiy iqtisod va iqtisodiyot tarixidan dare bergan. T. ning «18-a.da Angliyada sanoat to’ntarishi» asari (1884) kapitalistik industriyalash jarayonlariga bag’ishlangan. «Sanoat to’ntarishi» tushunchasini ilmiy muomalaga T. kiritgan. T. mehnat va kapital o’rtasidagi munosabatlarga davlatning aralashuvi, korxonalarda sinfiy nizolarning oldini olish uchun ijtimoiy Qonunchilik va «kelishuv tadbirlari» tarafdorlaridan, ishchi kvartallarida ma’rifat markazlari tashkil etish tashabbuskorlaridan biri bo’lgan.