To’ytepa

To’ytepa — Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumanik&TCH shahar (1973 y.dan), tuman markazi. Toshkentdan 37 km. Yaqin t.y. stantsiyasi — chig’iriq (5 km). Aholisi 25,3 ming kishi (2004). Qad.da T. Mingtepa, Nukat nomlari bilanma’lumbo’lgan.Shaharto’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar uning rivojlangan davri (10-12-a.lar)ga to’g’ri keladi. Shaharda 8 sanoat korxonasi faoliyat ko’rsatadi. Ishlab chiqarish. birlashmalari, metall konstruktsiyalari, paxta tozalash zdlari, don qabul qilish korxonasi ishlab turibdi. 3 ta engil sanoat korxonasi, 2 ta o’quvtajriba korxonasi va b. bor. Qo’shma korxonalardan Koreya Respublikasi bilan hamkorlikdagi «Husayn Mirzo», «kabul—To’ytepa LTD» ip yigiruvto’quv, O’zbekiston — Turkiya «Bursel» (erkaklar ko’ylaklari tikiladi) qo’shma korxonalar mashhur. T.da 200 dan ortiq davlat va xususiy tijorat korxonalari faoliyat ko’rsatadi. 4 umumiy ta’lim maktabi, kattalar va bolalar kutubxonalari, madaniyat uyi, 3 kasalxona, 3 poliklinika bor. T. avtomobil yo’llari orqali Toshkent sh. va b. shaharlar bilan bog’langan. T. yaqinidan Toshkent — Angren t.y. o’tadi. Shaharning Jan.g’arbida Tuyabo’g’iz suv ombori («Toshkent dengizi») joylashgan.