Toza tizim
Toza tizim — bir gomozigotali doimo o’zidan changlanuvchi o’simlik urug’i, nasli, avlodi. Toza urug’larni ko’paytirish natijasida olingan navlar mоrfologik, xo’jalik va biologik belgilari bo’yicha yuqori darajada baravarlashgan, barqarorlashgan bo’ladi. Biroq uzoq vaqt davomida bir navni qayta qayta ekish uning aynib ketishiga sabab bo’ladi. Toza urug’larda tanlash ishlari samara bermaydi.