Tramblyor

Tramblyor (Frans. trembleur) — karbyuratorli ichki yonuv dvigatelinit o’t oldirish tizimidagi asbob; o’t oldirishni uzgichtaqsimlagich. Yuqori kuchlanishli elektr tokini o’t oldirish svechalari (shamlari)ga uzatish uchun mo’ljallangan. T. past kuchlanishli tokni uzgich va yuqori kuchlanishli tokni taqsimlagichdan iborat. Bular dvigatelning taqsimlash validan harakatga keltiriladi. Uzgich muayyan vaqgda o’t oldirish g’altagining birlamchi zanjirini uzadi, shunda ikkilamchi chulg’amda yuqori kuchlanishli tok induktsiyalanadi (q. Induktsiya). Yuqori kuchlanishli tok taqsimlagich orqali tegishli tsilindrlarning o’t oldirish svechalariga uzatiladi. Taqsimlagichning rostlash qurilmalari dvigatelning ish rejimiga monand ravishda o’t oldirishni ilgarilatish momentini avtomatik tarzda o’zgartiradi (yana q. O’t oldirish).