Tramvay
Tramvay (ing. tramway, tram — vagon, arava va way — yo’l) — relsli izda harakatlanuvchi shahar er usti transport vositasi; elektr energiyasini Simda sirpanuvchi «shoxi» (dugasi) orqali kontakt (tutashma) simdan oladigan vagon (2 ta, ba’zan 3 ta tirkama vagonlar majmui). Aravalarni qarakatlantirishda elektr tokidan foydalanish g’oyasi 19- a. 30-40-y.larida paydo bo’ldi, lekin 70-y.larda birinchi elektr styalari paydo bo’lgandan keyingina amalga oshdi. Rus ixtirochisi F.A. Piroskiy 1876 y.da taklif qilgan «relsli arava»ni birinchi T. deyish mumkin. T. yaratishga doyr ishlar Germaniya va b. mamlakatlarda ham olib borildi. Berlin yaqinidagi Lixtenfelde shaharchasida 1881 y. 20 yo’lovchi sig’adigan vagon (tezligi 30 km/soat) katnay boshladi. Keyinchalik ko’p Evropa mamlakatlari va AQSh da keng tarqaldi. T. dan muntazam foydalana boshlash Kievda 1892 y., Nijniy Novgorodsa 1896 y., Moskvada 1899 y. yo’lga qo’yildi. Toshkentda vagonni tor izlar bo’ylab otlar tortadigan ko’nka 1901 y. qatnay boshlagan, tor izli elektr T. esa 1913 y. paydo bo’lgan, keng izli T. 1936 y. foydalanishga topshirilgan (to’qimachilik komibinati — Xadra maydoni). O’zbekistonda T. fakat Toshkent sh.da qatnaydi (2004). T. murakkab texnika vositasi hisoblanadi. Uning motori (dvigateli) elektr energiyasini relsli izlar tepasidan tortib ketiladigan simdan oladi. Sim kichik elektr styasiga ulanadi. Elektr styada o’zgaruvchan tok 500— 750 V kuchlanishli o’zgarmas tokka aylantiriladi. Motorli vagon ustidagi yoysimon shox (duga) Simda sirpanib, dvigatelga tok etkazib beradi. Ikkinchi manfiy sim vazifasini relslar o’taydi. Umuman T. xo’jaligi murakkab majmua xisoblanadi. Unga relsli izlar, avtoblokirovka tizimi, elektr dvigatel, elektr tarmog’i, harakatlanuvchi sostav (vagon yoki vagonlar), T.dan foydalanish xizmati — depo (Toshkentda 2 ta depo bor), ta’mirlash korxonalari, liniyadagi doimiy tok elektr dvigateli qo’llanadi (quvvati — bir necha kVt dan bir necha MVt gacha).