TRANS…

TRANS… (lotincha trans — orqali, ichidan, o’rtasidan) — o’zlashma ko’shma so’zlarning birinchi qismi: 1) qandaydir fazo, maydon orqali harakatlanish, uni kesib o’tish (masalan, transatlantik); 2) biron narsa izidan borish, muayyan narsaning narigi (orqa) tomonida joylashish (masalan, transalpik, transuran elementlar); 3) biror narsa vositasida ifodalash, belgilash yoki ko’chirish, uzatish (masalan, traneduktsiya, transliterasiya, transplantatsiya) kabi ma’nolarni bildiradi.