TRANSLYATOR

TRANSLYATOR — 1) translyatsiya jarayonini amalga oshirishda foydalaniladigan apparatlar, jihozlar, ko’chma texnika vositalari majmui; 2) informatika (axborotshunoslik)da — algoritm bayonini bir programmalash tilidan ikkinchisiga, xususan, mashina tilita avtomatik tarzda o’tkazish uchun mo’ljallangan EHM (kompyuter) dasturi (kompilyator). Programmalashni avtomatlashtirish uchun qo’llanadi.