TRANSMISSIV KASALLIKLAR

TRANSMISSIV KASALLIKLAR — bemor (yoki bakteriya tashuvchi)dan yoki kasal hayvondan bo’g’imoyokdyugar, mas., qon so’ruvchilar orqali sog’lom kishilarga yuqadigan infektsion kasalliklar. Bu guruhga mansub kasalliklarning qo’zg’atuvchilari sog’lom odam organizmiga teri orqali tushadi va, asosan, qonda bo’ladi. Odatda, terida toshmalar paydo bo’lishi va mayda tomirlar jarohatlanishi bilan kechadi. Rikketsiozlar T.k.ning katta qismini tashkil etadi. Ko’pincha ma’lum hududlarda qayd qilinadi va o’sha joyning nomi bilan ataladi. T.k. 5 guruhga bo’linadi: toshmali terlama guruhi, kana dog’li isitmasi guruhi, qizil tanachali kana isitmasi, pnevmotrop (nafas yo’llarini jarohatlaydigan) Rikketsiozlar va paroksizmal Rikketsiozlar. Kasallik, asosan, bit, burga yoki kanalar chaqqanda yuqadi. Toshmali terlamada odam, boshqasida kalamush, sichqon va b. kemiruvchi hayvonlar, ayrimlarida yovvoyi va uy hayvonlari hamda qushlar rezervuar hisoblanadi.