Transport
Transport (lot. transporto — tashiyman) — ijtimoiy moddiy ishlab chiqarish. tarmog’i, yuklarni va yo’lovchilarni bir joydan ikkinchi joyga eltishni, mamlakat viloyat va tumanlari, korxonalari, xalq xo’jalik tarmoqlari o’rtasida, shuningdek, mamlakat ichida ayirboshlash va aloqani ta’minlaydi. Quyidagi T.lar mavjud: er usti T. i (t.y., avtomobil, quvur yo’llari), suv T. i (dengiz va Daryo), havo T.i (aviasiya). Vazifasiga ko’ra ichki ishlab chiqarish. (sanoat) T.iga vaumumiy foydalaniladigan T.ga bo’linadi. But. turlari bilan bir qatorda shaxsiy foydalaniladigan avtotransportlarxam mavjud. Vazifasi xususiyatiga ko’ra, T. yo’lovchilar va yuk tashuvchi T.ga bo’linadi. Ichki ishlab chiqarish. transporti bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish. jarayoniga xizmat qiladi va korxona ishlab chiqarish. vositalarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Umumiy foydalaniladigan T. (er usti, suv va havo) ijtimoiy ishlab chiqarish.da muhim sohani tashkil etadi. Umumiy foydalaniladigan T.ning moddiy ishlab chiqarish. tarmog’i sifatida paydo bo’lishi sanoat to’ntarishi bilan bog’liq. Mamlakatlar o’rtasida tashqi savdoning o’sishi dengiz kemachiligining rivojlanishiga turtki berdi. Avtotransport 19-a.ning oxirida paydo bo’ldi, 20-a.ning 20-y.larida qisqa masofaga yuk va yo’lovchilar tashishni amalga oshirib, t.y. va Daryo T.i. bilan raqobat qila boshladi. Fuqaro havo T.i 20-a.ning 1-choragida vujudga keldi. 20-a.da jahon transporti tizimi juda kjsaldi. Rivojlangan mamlakatlarda T. tizimlarining barcha T. turlari (AQSh, Kanada) yoki ayrim T. turlari (G’arbiy Evropa mamlakatlari, Yaponiya) ning yuksak darajada rivojlanganligi bilan tavsiflanadi. 20-a. boshlariga qadar O’zbekistonda yuk va yo’lovchilar, asosan, t.y., otulov T. larida, tuya, xachir va b. yuk tashuvchi hayvonlarda tashilgan. 20-a.ning 20-y. laridan avtomobil va xavo T.i, yirik sanoat korxonalari qurilishi bilan sanoat T.i vujudga keldi. 80-y.lar oxiriga kelib respublika T.ining moddiytexnika bazasi birmuncha yaxshilandi. Sanoat va qishloq xo’jaligi.da ishlab chiqarish. ning o’sishi, keng miqyosdagi capital qurilishi va transport moddiytexnika bazasining yuksalishi bilan yuk va yo’lovchilar tashish hajmlari ham orta bordi. Respublika mustakillikka erishganidan keyin T.ning xalq xo’jaligiga va ahrliga xizmat ko’rsatishini tubdan yaxshilash va T.ni boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadlarida «O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviakompaniyasi (1992 y. 28 yanv.), «O’zbekiston avtomobil transporti» davlataktsiyadorlik korporasiyasi (1993 y. 8 yanv.), «O’zbekiston temir yo’llari» davlataktsiyadorlik kompaniyasi (1994 y. 7 noyab.) va b. idoralar tashkil etildi. Mamlakatda T. korxonalari davlat ishtirokidagi aktsiyadorlik, ochiq turdagi aktsiyadorlik, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi. Respublikada avtotransport vositalarining bir qismi (avtobuslar, yuk va engil mashinalar) jamoa xo’jaliklari, fuqarolarning mulkiga aylandi. O’zbekiston Respublikasida umumiy foydalaniladigan yuk va yo’lovchilar tashuvchi T.ning barcha turi —t.y., avtomobil, aviasiya, shahar elektr transporti (tramvay,, trolleybus, metropoliten), Daryo T.i, quvur yo’llari transporti, shuningdek, umumiy foydalanilmaydigan (sanoat) transporti turlari — t.y, avtomobil, tasmali. transport, osma arqon transporti rivoj topgan (yana q. Avtomobil transporti, Daryo transporti, dengiz transporti, havo transporti, temir yo’l transporti, shahar transporti). Respublikaning T. tizimi t.y., avtomobil yo’llari, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan t.y. vokzallari, styalari, bekatlari, yuk omborlari, pristanlar, g’avo flotining yirik aerovokzallari va b. infratuzilma bo’linmalarini qamraydigan xalq xo’jaligi kompleksini tashkil etadi.