TRANSPORT MAGISTRALI

TRANSPORT MAGISTRALI — ko’plab yuk va yo’lovchi oqimlari tashiladigan va texnik jihatdan jahon talablariga javob beradigan transport yo’li. Temir yo’l magistrali, odatda, ikki izli bo’lib, elektrovozlar yoki teplovozlar yordamida amalga oshiriladi. Transport magistrali eng muhim yo’nalishlarda xo’jalik aloqalarining markazlashuvidan vujudga keladi. Masalan, Transibir temir yo’1 magistrali, Transevropa temiryo’l magistrali, Transamerika magistrali va h.k.