Transportir
Transportir (Fransuzcha transporteur, lotincha tranporto — ko’chiraman) — chizmalarda turli burchaklarni yasash (chizish) va o’lchash uchun mo’ljallangan chizmachilik asbobi. Chizg’ich va 0 dan 180° gacha darajalarga bo’lingan yarim doiradan iborat. Transportirning o’lchami qancha katta bo’lsa, aniqligi shuncha yuqori bo’ladi. Juda aniq yasashlar va o’lchashlar uchun mo’ljallangan Transportir (masalan, navigatsiya Transportiri), markaz atrofida aylanuvchi burchak o’lchash noniusi (Verner) bor shaffof (orqasi ko’rinib turadigan) chizg’ich bilan ta’minlanadi.