Transportyor
Transportyor (lot. transporta — tashiyman) — 1) mashi nasozl i kda — konveyernchng ikkinchi nomi; rolikli T. rolgang, vintli T. shnek deb ataladi; 2) qishloq xo’jaligi.da — mahsulotlarni uncha uzok, bo’lmagan masofaga uzluksiz yoki muayyan maromda tashish (uzatish) uchun mo’ljallangan mashina. Mahsulotlar (kartoshka, sabzi, lavlagi, sholg’om va b.)ni transport vositalaridan tushirib, omborxonaga uzatish, daladan yoki omborxonadan transport vositalariga ortish; qo’y junini yungtaroshning ish o’rnidan tarozi apparati turgan joygacha uzatish uchun mo’ljallangan T.lar bo’ladi. T. tizimining asosiy qismlari: qabul bunkeri, kurakli ko’tarish transporte ri, buriluvchi yuklash transportyori, rama (yurish qismi bilan), gidrotizim, harakatlantirish uzatmasi, elektr dvigateli va boshkarish pulti. Jun uzatish T.i elektr dvigatel, reduktor, yo’naltiruvchi tsilindr, uzluksiz tasma va karkasdan iborat. Bunday T. tasmasining kengligi 55 sm gacha, tasma ish kismining uz. 45 va 25 m bo’ladi. Yung T. i chorvachilikda keng qo’llanadi.