Trapesiya
Trapesiya (Yun. trapezion — stolcha) — ikki qaramaqarshi tomoni parallel to’rtburchak. Odatda, qolgan ikki tomoni parallel emas deb o’rganiladi. T. ning parallel tomonlari T.ning asoslari, parallel bo’lmagan tomonlari esa uning yon tomonlari deyiladi. Yon tomonlari ning o’rtalarini A tutashtiruvchi kesma T .ning o’rta chizig’i deyiladi. U T. asoslariga parallel va asoslari yig’indisining yarmiga teng. T. asoslari orasidagi masofa T.ning balandligi deyiladi. Yon tomonlari teng bo’lgan T. teng yonlit.deyiladi.Tengyonlit.ga tashki aylana chizish mumkin. Tent yonli T. simmetriya o’kiga ega. T.ning yuzi asoslari uzunliklari yig’indisining yarmi bilan balandligining ko’paytmasiga teng. T. yon tomonlarining davomlari kesishgan nuqtani uning diagonallari kesishgan nuqta bilan tutashtiruvchi to’g’ri chiziq T. ning asoslarini teng ikkiga bo’ladi.