Trasologiya

Trasologiya (Frans. trace — iz va …logiya) — kriminalistika bo’limi, izlarni o’rganish va ularni aniklash, qayd qilish, olish va tekshirish usullari, yo’llari, ilmiy-texnikaviy vositalarini ishlab chiqish bilan shugullanadi. Inson, jinoyat qurollari, asbobuskunalari, i. ch. mexanizmlari, transport vositalari kabilarning izlari farklanadi. Ob’ektni trasologak identifikasiyalash uning umumiy va xususiy belgilarini izda hosil bo’lgan belgilari bilan qiyoslash orqali amalga oshiriladi. Agar bevosita qiyoslashning imkoni bo’lmasa, eksperimental izlar yasaladi. T.da modellashtirish, ya’ni ob’ektni va izni ularning modellari (tabiiy, optik va h.k.) bo’yicha taqqoslashdan foydalaniladi. Trasologik ekspertiza odamni — qo’l, oyoq, tish izlari bo’yicha, poyabzalni — uning izlari bo’yicha; jinoyat vositalari va qur°llarni — buzish, kesish, chopish va b. izlari bo’yicha; i. ch. mexanizmlarini — ommaviy ravishda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlardagi izlar bo’yicha; transport vositasini yurish qismi, chiqib turgan detallaridan qolgan izlar bo’yicha identifikasiyalashga imkon beradi. Trasologik identifikasiya tadqiqotining turlaridan biri butunni uning qismlari bo’yicha aniqlahdir. Mac, yo’ltransport hodisasi sodir bo’lgan joyda topilgan fara qismi tekshirilayotgan transport vositasi farasidan topilgan parchalar bilan kiyoslanadi. Identifikasiya tadqiqotlaridan farkli ravishda trasologik diagnostika tadqiqotlari izlar xrsil bo’lishi mexanizmi (sharoitlari)ni aniklash uchun o’tkaziladi. Bu tadqiqotlar tekshirilayotgan ob’ektning holatini (mas., voqea joyidan topilgan qulfning ishlashishlamasligini); harakat va kuzatilayotgan natija to’g’risidagi sababiy bog’liqlikni (mas., transport vositasida izlar paydo bo’lishi sabablari; to’qnashuv, ag’darilish, yo’lovchini urib ketish va h.k. ni); jinoyatini kanday qilib sodir etish mumkin bo’lgan (mas., omborxona qanday qilib buzilgan, izlarga qaraganda jinoyatchi kanday ketmaketlikda harakat qilgan)ligini anikdashga imkon beradi. G’afur Abdumajidov.