«TRASTBANK» AKTSIYADORLIK BIRJA BANKI

«TRASTBANK» AKTSIYADORLIK BIRJA BANKI — O’zbekistondagi aktsiyadorlik birja banki. 1994 y. 21 iyunda bank operasiyalarini amalga oshirish uchun lisenziya olgan. Boshqaruv idorasi Toshkent sh.da. «Poytaxt» va «Toshkent» filiallari bor. Asosan, yuridik va jismoniy shaxslarga joriy va valyutadagi xisobvaraklar ochish va yuritish; milliy va chet el valyutasidagi mablag’larni kredit, depozit va xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan boshqa shakllarda jalb qilish va joylashtirish; davlat to’lov hujjatlarini va b. qimmatli qog’ozlarni sotib olish, sotish va saklash, chet el va-lyutasini sogish va sotib olish, faktoring, lizing xizmatlari kabi 12 turdagi amaliyotlarni bajaradi. Kapitalining etarliligi bo’yicha respublikadagi 3 ta birinchi o’rta banklar guruhida turadi. Bankning jami aktivlari (mln. so’m) 10221,0 ustav kapitali 2002,4, kredit portfeli 3802,5, foyda 130,7, zaxira kapitali 778,6. Joriy likvidlik koeffisienta 72,3%, kapital etarliligi koeffisienti 34,0% (2003).