TRASTKOMPANIYA
TRASTKOMPANIYA — korporasiyalar va ayrim shaxslarning molmulki hamda qimmatli qog’ozlarini vakolatnoma bo’yicha boshqarish uchun tashkil etiladigan muassasa, molmulkni ishonchli boshkarish jarayoni. T.k. aktivlari (kompaniyaning o’z aktsiyadorlik kapitali) kompaniya fondlariga, kafolatlangan (boshkaruvga vakolatnoma bo’yicha qabul qilingan) fondlarga, meros va agentlik fondlarga, trastfondlarga bo’linadi. O’zbekistonda qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq boshqaruv operasiyalari orasida mijozning talabi bo’yicha aktivlarni boshqarish, ya’ni uning hisobidan kimmatli qog’ozlarni xarid qilish yoki sotish; kimmatli qog’ozlar chiqarishda va ularni joylashtirishda vositachilik qilish; aktsiyadorlar reestrini yuritish va mijozning qimmatli qog’ozlari bilan tuzilgan bitimlarni ro’yxatdan o’tkazish; aktsiyadorlarga yillik daromadni to’lash, aktsiyalar va b. kimmatli qog’ozlar bo’yicha qayta moliyalash, dividendlarni to’lash; depozitar xizmat ko’rsatish va h.k. keng tarqalgan. T. k. xizmati tegishli davlat idoralari tomonidan lisenziyalanadi. O’zbekistonda dastlabki T.k. 1996 y.da paydo bo’ldi. Ishonch bildirilgan mulkdor xar chorakda bir marta trast muassasasiga hisobot va balans takdim etishi kerak. Trast shartnomasi fakat sud qarori bilan to’xtatiladi.