Travmatologiya

Travmatologiya (Yun. travmatos — yara, jarohat, shikastlanganlik va … logiya) — a’zo va to’qimalarning mexanik shikastlanishi, ularning oldini olish va davolash yo’llarini o’rganadigan fan. T. xirurgiyaning turli sohalari (neyroxirurgiya, ko’krak xirurgiyasi) hamda organizm tayanch va harakat a’zolari (suyak, bo’g’im, muskul, paylar) va teri shikastlari va b. masalalarni uz ichiga oladi. T. ortopediya bilan birga mustaqil fan qisoblanadi. Insoniyat tarixida tibbiyot avvalo jarohatlarni davolashdan boshlangan, shuning uchun T.ni tibbiyotning barcha sohalari ichida eng ko’hnasi deyish mumkin. Qad. Misr mumiyolari va b. arxeologik topilmalarni o’rganish shuni ko’rsatadiki, miloddan bir necha ming yil ilgari yashagan odamlar singan suyaklarni mahkamlashning sodda usullari — ni bilishgan. T.ning ilk ilmiy asoslari Gippokrat asarlarida keltirilgan. Mas., u elka suyagi chiqishlarini joyiga solishning bir necha usullarini, suyak singanda repozisiya va immobilizasiya qilish yo’llarini taklif etgan. O’rta asrlarda T.ning rivojlanishi Abu Ali ibn Sino nomi bilan bog’liq. Uning «Tib qonunlari» asarida yumshoq to’qimalar jarohatlarini, suyak sinishlari va chiqishlarini davolash haqida batafsil yozilgan. Frantsuz olimi Ambruaz Pare ham T.ning shakllanishiga o’z hissasini qo’shgan. 18-19-a.larda T.ning rivoji G’arbiy Evropa vrachlari J. Malgen, G. Dyupyuitren, T. Koxer, L. Beler, G. Kyuncher, rus vrachi N. I. Pirogov nomlari bilan bog’liq. O’zbekistonda bu soxa fan sifatida 20-y.lardan rivojlana boshladi. 1926 y.da O’rta Osiyo untining tibbiyot ftida suyak sili va ortopediya dosentlik kursi joriy etilishi, 1930 y.da fizioterapiya intida ortopediya klinikasi ochilishi, uning 1932 y.da ortopediya, travmatologiya va suyak sili i.t. institutiga aylantirilishi travmatologiya va ortopediya muammolari ustidagi tadqiqot ishlarining rivojlanishiga imkon berdi. Int urush davrida yopildi, 1946 y.da Travmatologiya va ortopediya institute sifatida tashkil etildi. 20-a.da o’tgan bir necha urushlar T. da yangiyangi davolash usullarining qo’llanilishiga, ilmiy-texnik yutuqlar esa jarohatlarni aniqlash va davolash uchun yangi apparatlar va materiallarning kashf etilishiga olib keldi. Intra va ekstramedullyar osteosintez, sterjenli va sixli kompressiondistraktsion apparatlarning yaratilishi, stabilfunktsional osteosintezning qo’llanilishi, texnika yutuklaridan keng foydalanish zamonaviy T.ning rivojlanishiga asos bo’ddi. Rentgen nurlarining kashf etilishi T. ning jadal rivojlanishi uchun turtki bo’ldi, hozirgacha rentgen T.da asosiy tekshirish usuli hisoblanadi. Qadimdan jarohatlarni davolashda tabiblar Sharq tabobati usullaridan foydalanib kelganlar. Urushdan keyingi yillarda olib borilgan ilmiy ishlar, asosan, harbiy jarohatlar va ularning osteomielit, soxta bo’g’im, cho’ltoq kabi asoratlarini davolash, protezlash sohalariga taalluqli bo’ldi. O’zbek olimlari tomonidan cho’ltoqliklarni va jarohatlarni davolashda suyak plastikasi qilish (N. M. Shomatov), jarohatlarni davolashda Sharq tabobati usullarini qo’llash, xususan, mumiyoi asl bilan siniq va yaralarni davolash (o.Sh.Shokirov), sanoat va q. x. da travmatizm muammolarini o’rganish (B. I. Berliner, N. D. Isaboev), shol kasalligi asoratlarini davolash (I. X. Eshonxo’jaev, N. F. Fayzullaev) yo’lida i.t.lar olib borildi. Qo’loyoqlarning kuyishdan keyingi shakl o’zgarishlarini teri plastikasi yordamida davolash (B. M. Mirazimov), bolalar tserebral falaji va suyak sinishini (O’. S. Islombekov), osteomielit kasalligini (Sh. Sh. Hamraev) davolash bo’yicha qilingan ilmiy ishlar Respublikada T. va ortopediya fanining rivojlanishida katta rol o’ynadi, hoz. mavjud bo’lgan barcha tibbiyot intlarida T. kafedralari va ixtisoslashtirilgan ilmiyamaliy markazlar faoliyat ko’rsatadi. Zamonaviy T.ning asosiy vazifasi shikastlangan to’qima va organlardagi o’zgarishlar patogenezini o’rganish, jarohatlarni diagnostika qilish va davolash usullarini takomillashtirish, yangidan ishlab chiqish hamda asoratlarning oldini olishdan iborat. Mirhakim Azizov.