TRAXEIDLAR

TRAXEIDLAR (traxeya va Yunoncha eidos — tur), naysimon hujayralar — o’simliklarning yog’ochlangan ulik hujayralari; suv va unda erigan moddalarning o’simlik bo’ylab harakatlanishiga xizmat qiladi. Barcha yuksak o’simliklarning ksilemasida uchraydi, faqat ba’zi yopiqurug’lilarda bu funktsiyani tomir yoki traxeyalar bajaradi. Traxeidlardan yog’och tolalar rivojlanadi.