Traxeyalilar, traxeya bilan nafas oluvchilar, chala mo’ylovlilar

Traxeyalilar, traxeya bilan nafas oluvchilar, chala mo’ylovlilar (Tracheata, Atelocerata) — quruqlikda yoki ikkilamchi suvda yashovchi bo’g’imoyoqlilar kenja tipi. Birlamchi quruqlikda yashashga o’tgan halqali chuvalchanglarga o’xshash ajdodlardan kelib chiqqan. Quruqlikda yashashga o’tgan T. da evolyusiya natijasida bosh bo’limi ajralib chiqqan; tana bo’g’imlari va oyoklari ixtisoslashgan; ular soni doimiy bo’lib qolgan. T. boshi tanadan aniq ajralib turadi; mo’ylovlari bir juft (antennulalar gomologi); 2juft antennasi bo’lmaydi. Traxeya, ba’zan teri yoki traxeyajabralar (tana devori o’simtalari orqali) nafas oladi. T. kenja tipi ko’p oyoklilar va hasharotlar sinflariga ajratiladi.