Trek

Trek (inglizcha track — iz, yo’l) — velosiped va motosikl sporti bo’yicha mashq va musobaqalar o’tkaziladigan sport inshooti. Yog’och, beton, asfalt yotqizib qurilgan Trek yo’lkasi qiya burilishlar — Virajlar bilan Birlashgan 2 to’g’ri qismdan iborat. Trek ochiq va yopiq bo’ladi. Trek yo’laklarining uzunligi, odatda, 250 — 500 metr, kengligi 6 — 8 metr, qo’shma motovelotrek yo’laklari uzunligi 500-666,7 metr, kengligi 8-10 metr (yoki undan ko’p) bo’ladi. Zamonaviy velotreklar yopiq, ixtisoslashtirilgan va yo’laklari yog’ochdan qoplangan. Motovelotreklar esa ochiq holatda bo’lib, yo’laklari asfalt bilan qoplanadi. Tokio, Mexiko, Myunxen shahri yaqinidagi, Monreal, Moskva (Krilatskoe) dagi Olimpiada Treklari mashhur.