TRETYAKOV GALEREYASI
TRETYAKOV GALEREYASI — Rossiyaning etakchi ilmiybadiiy va madaniyma’rifiy markazlaridan, jahondagi eng yirik rus san’ati muzeyi. Moskvada 1856 y. P.M. Tretyakov tomo — nidan xususiy to’plam sifatida asos solingan, 1892 y. ukasi S. M. Tretyakov kollektsiyasi bilan birga Moskvaga sovg’a qilingan. 1917 y.dan boshqa muzeylarning fondidan, shaxsiy kollektsiyalardan to’plangan asarlar, 11 — 17-a.lar qad. rus ikona san’ati, 18-20-a.lar tasviriy san’at, haykaltaroshlik, grafika san’ati ustalari asarlarining boy kollektsiyasi bilan to’ldirilgan. Rus savdogarlari Tretya kovlarning sobiq uyida joylashgan. 1985-95 y.lar T.g. rekonstruktsiya qilingan. 1991 y.dan «Tretyakov Davlat galereyasi» muzey birlashmasi deb yuritiladi. T.g.da o’zbekistonlik rassomlar (P. Benkov, A. Volkov, A. Abdullaev, O’. Tansiqboev, R. Axmedov va b.) asarlaridan namunalar qo’yilgan. 2003 y.da O’zbekiston ba va T.g. o’rtasida ilmiy, ijodiy ko’rgazma almashish shartnomasi imzolangan.