TRIARILMETAN ZO’YAGICHLAR
TRIARILMETAN ZO’YAGICHLAR, trifenilmetan bo’yagichlar — asosli va kislotali bo’yagichlar, triarilmetan hosilalari. T.b. qizil, binafsha, ko’k va yashil rangda bo’ladi. T.b. qaytaruvchilar ta’sirida rangsiz leykobirikmalarga, ishqorlar ta’sirida rangsiz karbinol birikmalarga aylanadi. Asosli T.b. qog’oz, teri, plastmassalarni bo’yashda, siyoh, poligrafiya va shtempel bo’yoklar tayyorlashda ishlatiladi. Kislotali T.b. teri, jun, ipakni bo’yashda qo’llanadi. T.b. aldegidlar, ketonlar, angidridlarni aromatik aminlar yoki fenollar (naftillar) bilan kondensatlash yo’li bilan olinadi.