Trikarbon kislotalar tsikli

Trikarbon kislotalar tsikli, limon kislota tsikli, Krebs tsikli — o’simlik va hayvonlarda yog’lar, oqsil va uglevodorodlarning parchalanishida oraliq moddalar sifatida hosil bo’luvchi Di va trikarbon kislotalarning oksidlanib o’zgarish jarayoni. Ingliz biokimyogarlari g. Krebs va V. Jonson topgan (1937). T.k.ts. turli fermentlar ta’sirida katalizlanib amalga oshuvchi ketma-ket reaktsiyalardan iborat. Boshqacha qilib aytganda, ozuqa mahsulotlarining biokimyoviy o’zgarishi o’laroq organizmda Aatsetilkofermenti, Lketoglutar kislota va oksalatsirka kislota hosil bo’lib, keyin T.k.ts.gacha oksidlanadi. Mazkur reaktsiyalarda ana shu holdagi sirka kislota qoldig’i uglerod dioksid bilan suvgacha oksidlanadi. Natijada mazkur tsiklning 1aylanishida sirka kislota krldigi butunlay parchalanib ketadi, oksalatsirka kislota esa tiklanadi va 2 yangi aylanish tsiklida ishtirok etadi. Qoldiq sirka kislotaning T.k.ts.ga oksidlanishida 2 molekula uglerod dioksidning ajralishi va 4 marta degidrogenlanishi bilan sodir bo’ladi. Biologik oksidlanishda T. k.ts.ning oksidlanishga beriluvchi substratnaya ajralib chiquvchi vodorod atomi oraliq tashitgichlar orqali kislorodga o’tkaziladi, buning natijasida suv hosil bo’ladi. Shu boisdan mazkur tsikl organizmda modda va energiya almashinu — VI umumiy sistemasida Markaziy o’rinni egallovchi muhim jarayonlardan xisoblanadi. Glikoliz jarayonida yog kislotalarining oksidlanish reaktsiyalarida ular energiyasining ‘G’3 qismi ajralsa, T. k.ts. reaktsiyalarida barcha energiya ajralib chiqadi. T.k.ts. fermentlari o’simlik, hayvon hamda mikroorganizmlarning hayot faoliyatida muhim rol o’ynaydi. Bunda limon kislota T.k.ts. da ham, glioksilat tsiklida ham baravar ishtirok etadi. T.k.ts. fermentlari hujayrada maxsus membranalarda — mitoxondriyalarda lokalizasiyalanadi.