Trikotaj

Trikotaj (Frans, tircoter to’qimoq) — bir yoki bir necha iplardan halqalar hosil qilib, ularni o’zaro biriktirish (o’rish) natijasida olinadigan mato yoki buyum. T. iplarning tarkibiga, ishlatilishi, pardozlash usuli va tuzilishiga qarab turlarga bo’linadi. Tarkibi ga qarab, paxta ipi, jun, ipak va kimyoviy tola aralashgan iplardan to’qilgan xillarga bo’linadi. Ishlatilishiga qarab, T. buyumlar yoki matolarga bo’linadi. T. buyumlariga kostyum, jemper, kofta, palto, qo’lqop, ko’ylak, ichki kiyim, paypoq va b. matolariga sun’iy mo’yna, sun’iy charm kiradi; bular texnik maqsadlarda va turli xil kiyimlar tayyorlashda ishlatiladi. Pardozlash usuliga qarab, dag’al, oqartirilgan, tekis va bo’yalgan xillarga bo’linadi. T.ning asosiy fizikmexanik xossalari uning tuzilishiga, xalkalarning shakli va o’lchamiga, ipning yo’g’on va ingichkaligiga, qalinligi va pishikligiga bog’liq. Tuzilishi (strukturasi) ga qarab, ko’ndalang to’qilgan, tanda o’rilishli, bir qavatli va ikki qavatli bo’ladi. T. yumshokligi, elastikligi, gijimlanmasligi, engilligi, oson yuvilishi bilan boshqa to’qima matolardan ustun turadi. T. o’rilish boshqa oddiy gazlamalar o’rilishidan farq qiladi. Bir yoki bir necha uzluksiz ip xalqalarini birbiriga birlashtirib hosil qilinadi. T. halqalarining qanday hosil bo’lishiga qarab, ko’ndalang to’qilgan (kulir) va bo’ylama (tandadan to’qilgan) T. farklanadi. Ko’ndalang to’qilgan (kulir) T. matodagi hamma halqalar qatori bitta ipning birinketin egilibbukilishidan hosil bo’ladi. Bo’ylama (tandadan to’qilgan) T.da esa har bir xalqa alohida ipdan hosil bo’ladi. T. o’rilish bir qavatli va ikki qavatli bo’lishi mumkin. Bir qavatli T.ning o’ng tomoni bir tomonda, teskari tomoni boshqa tomonda joylashadi. Ikki qavatli T.da esa ikkala o’ng tomoni yoki ikkala teskari tomoni bir yoqda joylashgan bo’ladi. Ikki kavatli T. kalinrok,, pishiqroq va og’irroq. T. o’rilish asosiy, xrsilaviy va gulli o’rilishga bo’linadi. Asosiy o’rilishlar guruhiga bir xil halqa beradigan oddiy o’rilishlar kiradi. Bunday o’rilishlarga kulir to’qimasi, triko zanjir, atlas misol bo’la oladi. Hosilaviy o’rilish asosiy o’rilishni o’zgartirish yo’li bilan hosil qilinadi. Bunday o’rilishlarga hosilaviy kulir to’qimasi, movut va b. misol bo’ladi. Gulli o’rilishlar guruhiga asosiy o’rilishlar bazasida gul shakli hosil b>;ladigan o’rilishlar kiradi; bularni tayyorlash uchun mashinaga qo’shimcha mexanizm kiritiladi hamda hosil qilish jarayonini o’zgartirish yo’li bilan mato sirtida gul hosil qilinadi. Bunday o’rilishlarga Pressli, arqokli, jakkard, futer va b. gulli o’rilgan T. misol bo’ladi. T. trikotaj mashinasida to’qiladi. U dumaloq va tekis T. mashinalariga bo’linadi. T. mashinasining asosiy detali xalka hosil qilish mexanizmining ignasi hisoblanadi. Ignaning tilli, ilgakli, o’yikli va b. turlari bor. Ignalar po’lat sim yoki lentadan 25-100 mm uzunlikda, 0,3—1,0 mm yo’g’onlikda ishlab chiqariladi. Ignaning yo’g’oningichkaligi T. halqalarining o’lchamiga qarab tanlanadi: halqalar qancha mayda bo’lsa, shunchalik ingichka igna olinadi. T. mashinalari, asosan, T. sanoati uchun ishlab chikariladi, lekin maishiy qo’l mashinalari va apparatlari ham bor.