Trilateratsiya

Trilateratsiya (lotincha trilaterus uch tomonli) (geodeziyada) — tayanch geodezik punktlarni aniqlash usuli. Muayyan joyda bir-biri bilan ketma-ket o’zaro bog’langan uchburchaklar zanjiri yoki tarmog’ini yasash va bu uchburchaklarning har birida barcha uch tomonni o’lchashdan iborat. Bu uchburchaklarning burchaklari va cho’qqilarining koordinatalari trigonometrik hisoblashlar orqali topiladi. Uchburchaklarning tomonlari radio uzoklik o’lchagichlar yoki elektroptik uzoklik o’lchagichlar yordamida o’lchanadi. Trilateratsiyaning vazifasi ham xuddi triangulyatsiyanishga o’xshaydi.