TRILOBITALAR
TRILOBITALAR (Trilobita) qirilib ketgan qadimgi bo’gimoyokdilar sinfi. Ilk kembriy davri dengizlari cho’kmalaridan ma’lum; paleozoyda qirilib ketgan. T. kembriy va ordovik davrida keng tarqalgan; barcha dengizlarda yashagan. Gavdasi 10-800 mm. Tanasi bo’g’imlarga bo’lingan; ovalsimon yassi. Har bir bo’g’imi qorin tomonida bir juftdan ikki shoxli oyoqlari bo’lgan. Oyoklar asosida joylashgan jabralar yordamida nafas olgan. Boshi ustki tomonidan qalqon bilan krplangan. Fasetkali ko’zlari yaxshi rivojlangan. T. bo’g’imoyoklilar evolyusiyasini tushuntirishda, ularning qazilma qoldiklari esa paleontologiya va stratigrafiyada katta ahamiyatga ega. Qadimda yashagan T.ning 10000 turi ma’lum.