Trinidad va Tobago
Trinidad va Tobago (Trinidad and Tobago), Trinidad va Tobago Respublikasi (Republic Trinidad and Tobago) — Karib dengizidagi Trinidad va Tobago o.larida joylashgan davlat. Mayd. 5,1 ming km2. Aholisi 1,16 mln. kishi (2002). Poytaxti PortofSpeyn sh. Ma’muriy jihatdan 9 graflik (county)ra bo’linadi. Davlat tuzumi. T. va T. — respublika, Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlik tarkibiga kiradi. Amaldagi Konstitusiyasi 1976 y. qabul qilingan. Davlat boshlig’i — president (2003 y.dan Maksuell richardo). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (Senat va vakillar palatasi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati haqida Trinidad hamda Tobago maqolalariga q. Aholisining 60% negr va mulatlar, 37% hindlar, 1% xitoylar, 1%evropaliklar. Rasmiy til — ingliz tili. Aholining ko’pchiligi xristian; hindlar hinduizmga ibodat qiladi. Shahar aholisi 71,8%. Yirik shaharlari: PortofSpeyn, SanFernando, Arima. Tarixi. Trinidad va Tobago o.larida qadimdan indeyslar yashab kelgan. 15-a.da orollarga etib kelgan ispanlar bu erni mustamlakaga aylantirdi, mahalliy aholining deyarli hammasini qirib tashladi. 1797 y. inglizlar Trinidadni bosib oldi va u 1802 y.dan rasman Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. 1814 y. Tobago ham inglizlar mulkiga aylandi. Shakarqamish plantasiyalarida ishlatish uchun Afrikadan qoratanli qullar keltirildi. 1834 y. qulchilik bekor qilingach, qoratanlilar plantasiyalarni tashlab ketishdi. Ularning o’rnini to’ldirish uchun Hindiston, Xitoy, Portugaliya va b. mamlakatlardan shartnoma asosida ishchilar keltirila boshladi. 1866 y. Trinidadda neft konlari ochilishi tufayli sanoat rivojlana boshladi, ishchilar tashkilotlari tuzildi. 1899 y. Tobago ma’muriy jihatdan Trinidadga birlashtirildi. 2-jahon urushi davri va undan keyin orollarda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1950 y. T. va T.ga ichki o’zini o’zi boshqarish huquqi berildi. 1958-62 y.larda mamlakat Buyuk Britaniya tuzgan VestIndiya Federasiyasi tarkibida bo’ldi. 1962 y. 31 avg.dan T. va T. Hamdo’stlik tarkibida mustaqil davlat. 1976 y. 1 avg.da respublika deb e’lon qilindi. T. va T. — 1962 y.dan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 31 avg. — Mustakillik kuni (1962). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Xalq milliy harakati, 1956 y. tuzilgan; Kaita qurish uchun milliy ittifoq, 1986 y. asos solingan; bir — lashgan milliy Kongress, 1989 y. tashkil etilgan. Milliy kasaba uyushma markazi, 1991 y. tuzilgan. Xo’jaligi. T. va T. industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 44%, qishloq xo’jaligi. ning ulushi 2,2%, xizmat ko’rsatish sohasining ulushi 53%. Sanoatidaneftqazibchiqarishhamda neftni qayta ishlash iqtisodiyotning asosini tashkil etadi (o’z neftidan tashqari Venesuela, Saudiya Arabistoni va b. mamlakatlardan keltirilgan neftni qayta ishlab, neft mahsulotlari va kondensat ishlab chiqariladi). Tabiiy gaz, asfalt va gips qazib olinadi. Metallurgiya, neft kimyosi, kimyo, farmasevtika, poligrafiya, tsement, oyna, to’qimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat (shakarqand ishlab chiqarish.) korxonalari bor. Po’lat va alyuminiy ishlab chiqariladi. Yiliga o’rtacha 4,2 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Qishloq xo’jaligi suet rivojlangan va u mamlakatning oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirmaydi. Shakarqamish, kakao, kofe, tamaki, kokos palmasi, banan, tsitrus mevalar ekiladi. Asosiy oziq-ovqat ekini — sholi. Krramol, cho’chqa, echki boqiladi. Baliq ovlanadi. Kimmatbaho nav yog’och tayyorlanadi. Avtomobil yo’llari uz. 8,2 ming km. Asosiy dengiz porti — Puentaper. Xorijiy turizm rivojlangan. Chetga neft va neft mahsulotlari, qandshakar chiqaradi, chetdan oziq-ovqat, sanoat mollari, xom neft, mashina va uskunalar oladi. AQSh, Buyuk Britaniya, Karib xavzasi mamlakatlari bilan savdo kiladi. Pul birligi — T. va T. dollari. Maorifi, madaniyma’rifiy muassasalari. T. va T.da davlatga qarashli maktablardan tashqari xususiy maktablar ham bor. Davlat maktablarida o’qish bepul. Darslar ingliz tilida olib boriladi. Zamonaviy ta’lim tizimi 7 y.lik boshlang’ich maktab va 5 y.lik o’rta maktabdan iborat. Boshlang’ich ta’lim—majburiy. PortofSpeyn yaqinida VestIndiya untining Trinidad bo’limi bor. PortofSpeyn va SanFernandoda politexnika intlari ochilgan. Portofspeynda T. va T. Markaziy va ommaviy kutubxonasi, VestIndiya unti Trinidad bo’limining kutubxonasi, milliy muzey va galereya mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Yirik gaz.lari: «Trinidad Gardian» («Trinidad posboni», kundalik gaz., 1917 y.dan), «Trinidad end Tobago gazett» («Trinidad va Tobago gazetasi», hukumat haftanomasi, 1882 y.dan), «Trinidad end Tobago Ekspress» («Trinidad va Tobago shoshilinch xabarlari, kundalik gaz., 1967 y.dan), «Nyusdey» («kun yangiliklari», kundalik gaz., 1993 y.dan), «Sandi Gardian» («yakshanba posboni», haftanoma, 1917 y.dan). Milliy agentligi yo’q. Radioeshittirish 1947 y. dan («Neshnl brodkasting netuork Limited» hukumat Mahkamasi, 1957 y. tashkil etilgan), teleko’rsatuv 1962 y.dan («Trinidad end Tobago Televiji Kompani Limited» tijorat xizmati, 1962 y. tashkil etilgan) olib boriladi. Adabiyoti. Trinidad indeyslarining folklori hozirgacha deyarli saklanib krlmagan. Negrlarning bu erda to’qigan va ijtimoiy mazmun bilan sugorilgan «Kalipso» qo’shiklari xalq og’zaki ijodining namunalaridir. Zamonaviy adabiyot ingliz tilida vujudga keldi. 2-jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakatining kuchayishi adabiyotning kamol topishiga samarali ta’sir qildi. R. de Buasser va S. Selvonning ijtimoiy mavzudagi romanlari dastlabki salmokli asarlardir. Taniqli yozuvchi V. S. Neypolning «Elvirdagi saylov» (1958), «Taklidchilar» (1967), «Mister Bisvasga atalgan uy» (1961), «partizanlar» (1975), «Dare o’zani» (1979) kabi romanlarida Vestindiyadagi voqelikni zaharxanda bilan tanqid qiladi. Mustaqillik yillarida I. Xan, M. Entoni, E. Lavles kabi iste’dodli adiblar adabiyotga kirib keldi. G. Telemak, E. Rouch, D. Uolkott (1970-y.lardan nazmda ijod qilgan) kabi shoirlar mashhur. D. Uolkott, E. Xill, E. Jon esa dramaturgiyani rivojlantirdilar. Me’morligi va tasviriy san’ati. Mustamlaka davri me’moriy yodgorliklaridan Tobago o.da evropaliklar qurgan Jeyms qal’asi (1666) xarobasi saklanib qolgan. 19-a. boshlaridan klassisizm va qorishiq me’morlik uslubidagi jamoat binolari, xos uylar, cherkovlar kurildi (Portofspeyndagi episkop saroyi, Oll Sents sobori va b.). 20-a. ning 20-y. larida hind va musulmon ibodatxonalari (Sentjofer sh.dagi masjid) barpo etiddi. Shaharlarda pastqam yog’och uylar ko’p uchraydi. Tasviriy san’at 19-a. ning 2yarmidan rivojlana boshladi. 20-a. ning tanikdi rassomlari orasida J. M. Kazabon, A. Kodalo, M. Uayk, J. Farrel, J. Kramvell, K. Changlar bor. Kad. xalq hunarmandchiligida aravak indeyslarining keramika, gazmol, bezak buyumlari saklangan, an’anaviy karnaval bayramlariga liboslar tayyorlash odati davom etib keladi.