Tripole madaniyati
Tripole madaniyati — eneolit davriga oid arxeologik madaniyat. Kiev yaqinidagi Tripole qishlog’i nomi bilan atalgan. Sharqiy Karpat yoni va O’rta Dnepr bo’ylarida tarqalgan. Ruminiyada Kukuteni madaniyati deb yuritiladi. T.m. yodgorliklarini 19-a.ning oxirida arxeolog V. V. Xvoyko ochgan. Arxeolog T. S. Passekning davrlashtirishi bo’yicha T. m. 3 ta bosqichga: ilk (mil. AV. 4ming yillik), o’rta (mil. AV. 4ming yillik oxiri —3ming yillikning 1yarmi), sunggi (mil. AV. 3ming yillikning 2yarmi)ga bo’linadi. T.m. qishloqlari doyra yoki tuxumsimon shaklda joylashgan bo’lib, markazida qolgan ochiq joy mollar uchun qo’ton vazifasini o’tagan. Turar joylar ko’ndalang to’siqlar bilan alohida xonalarga ajratilgan. Xonalardan don yanchayotgan ayol haykalchasi, yorg’uchoq, bug’u shoxidan yasalgan motiga (ketmonsimon asbob), yirik xumlar, tandir va b. xo’jalik anjomlari, naqsh solingan sopol idishlar, mis buyumlar (bolta, to’rt qirrali bigiz, qarmoq, xanjar) topilgan. T.m. vakillari misni Bolqon ya.odan olib kelishgan. T.m. vakillari, asosan, chorvachilik, dehqonchilik, shuningdek, ovchilik va baliq ovlash bilan shugullangan.