Tripoli, Tarabulus ash-Shom
Tripoli, Tarabulus ash-Shom — Livanning shim. qismidagi shahar. Shim. Livan muhofazasining ma’muriy markazi. Aholisi 240 ming kishi (1994). O’rta dengiz sox,ilidagi port. Chetga tsitrus mevalar, paxta chikariladi. Irokdan neft quvuri o’tkazilgan. Neftni qayta ishlash, oziq ovqat, to’qimachilik sanoati korxonalari bor. Dengizdan baliq ovlanadi. T. finikiyaliklar tomonidan mil. AV. 2ming yillikda bunyod etilgan. 636 y. dan arablar qo’l ostiga o’tgan. 1916— 1918 y.larda Usmonli turk saltanati tarkibida bo’lgan. 1920 y.dan Livanga ko’shilgan. T. — Livandagi sunniylik yo’nalishidagi musulmonlarning asosiy diniy markazi. Me’moriy yodgorliklardan katga masjid (13-a.), Burtasiya masjidmadrasasi (14-a.), Sakrakiya masjidmaqbarasi, karvonsaroylar, bozorlar saklangan.