Tripolitaniya

Tripolitaniya —Liviyadagi tarixiy viloyat. Mil. AV. 1ming yillikning 1yarmida T.ning sohil bo’yi qismida finikiyaliklarning 3 ta koloniyasi — Sabrata, Leptismagna va EA [shundan Yun. Tripolus (aynan — 3 shahar) nomi olingan] barpo etilgan. Mil. AV. 5-a. o’rtasi — 3-a. oxirida Karfagenga, 218— 201 y.larda Numidiya, mil. AV. 2-a. oxiri — mil. 5-a.da Rimga, so’ngra — vandallar, keyinchalik Vizantiyaga tobe bo’lgan. 7-a. dan arablar hukmronligi ostida. 16-a. — 1911 y.larda Usmonli turk imperiyasi, so’ngra 1943 y.gacha — Italiyaning Liviya mustamlakasi tarkibida. 1951-63 y.larda Liviya kirolligining 3 viloyatidan biri.