Tritikale

Tritikale (Triticum bug’doy, Secale — javdar) — bug’doyjavdar duragayi — ikki xil o’simlik xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan o’simlik; galla ekini. T.ning kuzgi va bahorgi shakllari mavjud. Bug’doy va javdarning dastlabki duragayini 1875 y.da Shotlandiya olimi Vilson yaratgan. 1881 y. Germaniyada Rimpau uning doimiy duragayini ajratib olgan. Keyingi yillarda oktaploid (56 xromosomali), geksaploid va oktaploid (42, 56 xromosomali) duragaylari yaratilgan. T. morfologik belgilari bilan bug’doy va javdardan farq qiladi. Ildizi yaxshi rivojlangan, tuproqqa 1,5—2,0 m gacha kirib boradi, murtak ildizlari 6 ta, poyasi nisbatan baland (90-150 sm), boshog’i uzun (10-15 sm), doni yirik. Boshog’ining tashqi gul qobig’ida qiltanoq o’sadi. T. 5° va undan yuqori haroratda una boshlaydi, 20° muqobil hisoblanadi. Kuzda ekiladi. Ekilgandan keyin 5-7 kunda unib chiqadi. Tuplanish davri kuzda boshlanib, bahorda davom etadi, qishda 18-20° sovuqqa chidashi mumkin. O’zbekistonda ekiladigan navlarining amal davri 165-200 kun, o’zidan va chetdan chantlanadi. T. yorug’sevar, uzun kun, namsevar o’simlik. Unish paytida, nay o’rash, donlanish va to’lishish davrlarida suvni ko’p talab etadi. T. tuproq unumdorligiga talabchan emas, er tanlamaydi, lekin sho’rlangan, botqoqlangan tuproqlarni yoqtirmaydi. Qora tuprokli erlarda yuqori hosil beradi. T. doni to’yimliligi bo’yicha bug’doy va javdarga nisbatan yuqori. Donida 11 — 12%, pichanida 10-11% oqsil bor. T.dan don, ko’kat, pichan, pichan uni, silos, senaj tayyorlanadi. Non pishirish uchun sifati bug’doydan past hisoblanadi. O’zbekistonda T.ning Prag, Serebristiy, uzor navlari rnlashtirilgan. Hosildorligi: ko’kat qosili 400— 500 ts/ga, don hosili 50-80 ts/ga (ko’kati boshoqlanish davrida o’riladi). Zamburug’li va virusli kasalliklarga bardoshli. AV.: Mirzaev O. F., Xudoyberdiev T. S ., Emxashak etishtirish, Andijon, 2003.