«Trivium»

«Trivium» (lotincha trivium — uch yo’lning kesishgan joyi) — o’rta asrlardagi «yetti erkin san’at»ning boshlang’ich va asosiy bosqichi. Unda fammatika, ritorika, dialektika o’qitilib, ta’lim oluvchilar nisbatan murakkab — kvadrivium bosqichiga tayyorlangan. «Trivium»da o’rganiladigan 3 va kvadriviumda o’qitiladigan 4 fan (arifmetika, geom., astronomiya, musiqa) «yetti erkin san’at» ni tashkil etgan hamda ta’lim oluvchilarga entsiklopedik bilim berishni nazarda tutgan.