Trixinalar, trixinellalar

Trixinalar, trixinellalar (Trichinella) — trixinellalar oilasiga mansub nematodalar urug’i. Erkagining uz. 0,6—1,6 mm, urgochisi 1,3— 4,4 mm. 2-3 turi bor. Spiral T. kup uchraydi. Voyaga etgan davrida yirtqich va hammaxo’r hayvonlar, jumladan, odam ingichka ichagi bo’shlig’ida yashaydi. Otalangan urg’ochi T. ichak devoriga kirib olib, mikroskopik lichinkalar tug’adi. Lichinkalar qon orqali barcha organlarga tarqaladi. Kapillyarlardan muskullarga o’tib, bir oz o’sgach, spirallanadi va ohak kapsulaga o’raladi. Kapsulada bir necha vaqt tirik saqlanadi. Hayvonlar zararlangan go’shtni eb, T.ni yuqtiradi; ana shundan so’ng T. ingichka ichakka tushib voyaga etadi. Odam yaxshi pishirilmagan cho’chqa yoki boshqa hayvon go’shtini eb zararlanadi. T. trixinellyoz kasalligini keltirib chikaradi. Soxta trixinella qushlarda parazitlik qiladi.