TROPIK HAVO MASSALARI

TROPIK HAVO MASSALARI — yil davomida tropik va subtropik kengliklarda uyushib, quyi kengliklardan yuqori kengliklarga harakatlanadigan havo massalari. Harorati yozda yuqori, materiklar ustidagi havosi quruq, yuqori bosimli 30° shu kabi va 30° j. k. atrofida kuzatiladi. Yozda O’rta Osiyoda, Qozog’istonning Jan.da uyushadigan havo T. h. m. hisoblanadi. T. h. m. egallagan joylarda atmosfera bosimi yuqori havoning pastlama harakati ustun bo’ladi, yil bo’yi havo juda issiq va yog’in kam yog’adi. Dengiz va quruqlikdagi T. q. m. farqlanadi. Dengizdagi T. h. m. nisbatan yuqori trasi va nisbiy namligi, beqaror stratifikasiyasi va maydalab yog’in yog’ishi bilan izohlansa, quruqlikdagi T. h. m. yozda o’zining yuqori trasi, nisbiy namligining pastligi va barqaror stratifikasiyasi, nihoyat changning ko’pligi bilan ajralib turadi.