Tropopauza
Tropopauza (Yun. tropos — burilish, o’zgarish, pausis — to’xtash, tugash) — troposfera va stratosfera orasidagi o’tish qatlami. T.ning quyi chegarasi sifatida havo trasining vertikal gradienti shartli ravishda 0,2°G’100 ga teng va undan kichik bo’lgan sath qabul qilingan. T. balandligi arktik kengliklarda -8— 10 km, mo»tadil kengliklarda —10—12 km, ekvator ustida — 16-18 km ni tashkil qiladi. T. vertikal qalinligi bir necha 100 m dan 2-3 km gacha tebranadi. T. balandligi yozda yuqori, qishda esa pastroq bo’ladi. T. balandligi antisiklon va tsiklonlarning o’tishi bilan ham tebranib turadi. Antisiklonda baland, tsikloida past bo’ladi. Odatda, subtro-pik tez g’avo oqimida kuzatiladigan past qutb T.si bilan yukrri tropik T.si orasida uzilish sodir bo’ladi. Ko’pincha T.ning uzilishida har xil balandliklarda joylashgan ikki T.ni uchratish mumkin.