Troskiy

Troskiy (haqiqiy familiyasi Bronshteyn) Lev Davidovich (1879.26.10, Xerson gubernyasi, Yanovka qishlog’i — 1940.21.8, Mexikoning Koyoakana chorbog’i) — siyosat va davlat arbobi. 1896 y.dan sosialdemokratik harakatda. 1904 y.dan bolo’ieviklar va mensheviklar fraktsiyalarini birlashtirish uchun kurashdi. 1905 y. «permanent» (uzluksiz) inqilob nazariyasini ishlab chikdi. T.ning fikricha, Rossiya proletariati burjua inqilobini amalga oshirgach, inqilobning sosialistik bosqichini boshlaydi, bu inqilob jahon proletariatining yordami bilangina g’alaba qozonadi. RSDRPning eng radikal qanotiga mansub bo’lgan. 1908-12 y.larda «Pravda» gaz. muxarriri. 1917 y. Petrograd harbiy inqilobiy komiteta raisi sifatida oktyabr to’ntarishinn amalga oshirishning asosiy tashabbuskori va rahbarlaridan biri. RSFSR tashqi ishlar xalq komissari (1917. 25.10— 1918.22.2). Qizil armiyaning asoschilaridan, fuqarolar urushining ko’p frontlarida bu armiyaning xarakatlariga shaxsan rahbarlik qilgan, repressiyalarni keng qo’llagan. 1917-27 y.larda MK a’zosi. 1917 i. okt. va 1919-26 y.larda MK siyosiy byurosi a’zosi. Etakchi bo’lish uchun I.V. Stalin bilan kechgan keskin kurash T. ning mag’lubiyati bilan tugagan (1924 y.). T.ning qarashlari (troskizm) RKP(b) dagi «mayda burjuacha og’ish» deb e’lon kilingan. 1927 y. T. 75 nafar faol tarafdori (L. B. Kamenev, G. E. Zinovev va b.) bilan birga partiyadan o’chirilgan, Olmaotaga surgun qilingan, 1929 y. chet elga chikarib yuborilgan. Turkiya (1929-32), Frantsiya (193335) Norvegiya (193537), Meksika (1937-40)da yashagan. I.V. Stalinga qarshi g’oyaviy kurash olib borib, uni oktyabr g’oyalarining xoini deb atagan. 1938 y. 4internasional tuzish tashabbusi bilan chiqqan. Asosiy asarlari: «yangi yo’l» (1924), «Lenin haqida» (1924), «oktyabr saboklari» (1924), «rus inqilobi tarixi» (1931— 33), «Permanent inqilob» (1928-29), «Adabiyot va inqilob» (1923), «mening xayotim» (1930), «Stalin» (1940) va b. NKVD agenti R. Merkoder (ispan) tomonidan o’ldirilgan. T. Turkistonni sovetlashtirishga alohida e’tibor qaratgan sho’ro arboblaridan edi. U Farg’ona viloyatiga kelgach (1922 y. 10 iyun), istiqlolchilarga qarshi boshlangan qizil armiyaning jang harakatlarini shaxsan boshqarib, qo’rboshilarga qarshi shafqatsiz jazo choralarini qo’llatgan. T.ning buyrug’i bilan istiqlolchilarni tormor etish uchun Qurolli kuchlar Oliy bosh qo’mondoni S. S. Kamenev Farg’ona vodiysi va Buxoroga (1921-23 y.), S. M. Budyonno’y Andijonga (1922 y. avg.) yuborilgan. T.ning Turkistondan so’ng Afg’oniston orqali Hindistonni bosib olish va Sharkda ommaviy inqilob uyushtirish g’oyasi bor edi. Ad.: Arxiv Troskogo [Kommunisticheskaya oppozisiya v SSSR (19231927)], t. 14, M., 1980; Doycher I., Troskiy v izgnanii, M., 1991; Vaseskiy N. A., Troskiy. Opit politicheskoy biografii, M., 1992.