Troya urushi
Troya urushi — yunon eposlari «Iliada» va «Odisseya»da bayon qilinishicha, Miken shohi — Agamem — non boshchiligida axeyyalik shohlar Ittifoqining Troyaga qarshi olib borgan 10 yillik urushi. Axeylarnnng Troyani zabt etishi bilan tugagan. Troyada olib borilgan arxeologik qazish ishlarining ko’rsatishicha, mil. AV. taxm. 1260 y.da shahar uzoq muddatli qamalni boshidan kechirgan va vayron qilingan. Shunday qilib, yunon afsonalaridagi ma’lumotlar tasdiklangan. Epos ma’lumotlariga ko’ra, troyalik Shahzoda Paris tomonidan Sparta shoxi Menelayning qizi — go’zal Elenani o’g’irlab ketilishi T.u.ga sabab bo’lgan. Menelay va uning birodari Agamemnon yunon davlatlari shoxdarini yordamga chakirib katta flot bilan Troya sohillariga yo’l olgan. Troya shohi Priamga frigiyalik, likiyalik, frakiyalik ittifokchilar yordam bergan. Yunonlar Troyani 10 yil qamal qilganlar va hiyla bilan uni egallaganlar (q. Troya oti). Asosan, buyuk jangchilarning yakkamayakka olishuvidan iborat bo’lgan harbiy harakatlarda yunonaxeylardan Axill, ikki Ayaks, Patrokl, Agamemnon, Odissey va b., troyaliklardan — Gektor, Glavk, Sarpedont va Eney Shuhrat krzonishgan. Troyaliklarning mag’lubiyati dariylar tomonidan Yunonistondan siqib chiqarilgan axeylarning bir qismini Kichik Osiyoga ko’chib o’tishini engillashtirgan.