TS

TS — o’zbek kirill alifbosining yigirma to’rtinchi harfi. Til oldi, qorishiq (t+s), shovqinli, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Qo’llanishi jihatidan nofaol fonemani ifodalovchi harf: faqat rus tili orqali kirib kelgan oz sonli ruscha va baynalmilal so’zlar tarkibida uchraydi. So’zning boshida (tsirk, tsiklon), o’rtasida (aktsiya, prosent, frantsuz) va oxirida (abzas, kvars, shpris) kela oladi. Ushbu harf ifodalovchi tovush turkiy tillarda bo’lmaganligi va o’zbek tiliga ham bu tovush to’la o’zlashib ketmaganligi sababli u turkiy xalklar uchun umumiy bo’lgan yozuvlardan faqat kirill alifbosidagina uchraydi.