Tsement angidridli

Tsement angidridli – kaltsiy sulfatidan tashkil topgan havoiy bog’lovchi modda. Angidridli tsement 600 dan 700oC bo’lgan haroratlarda kuydirilgan (qizdirilgan) gips toshi va sulfatli yoki ishqoriy aktivizatorlarni (5 dan 15,0% gacha miqdorda) birga qo’shib maydalash yo’li bilan olinadi. Angidridli tsement g’isht terish va suvoq qorishmalarini tayyorlash, choksiz pollar qurish, dekorativ buyumlar tayyorlash uchun qo’llanadi.