TSENTAVR

TSENTAVR (lotincha Centaurus) — osmonning Janubiy yarim sharidagi katta yulduz turkumi. Gidra, Nasos, Paruslar, Kil, pashsha, tsirkul va bo’ri yulduz turkumlari orasida joylashgan. Tsentavrda Ravshan yulduzlar (eng ravshani 0-yulduz kattaligidagi a yulduzi) hamda tumanlik va yulduz to’dalari mavjud. Tsentavrning o si qo’shaloq yulduz bo’lib, bizga eng yaqin yulduz hisoblanadi (masofasi 1,3 parsek yoki 4,3 yorug’lik yiliga teng). 1916 yilda Ts.ning yo’ldoshi kashf etilib, bosh yulduzdan 0,04 yorug’lik yili masofada ekanligi aniqlangan. Bu eng yaqin (Proksima) yulduzdir.