TSENTRIOL

TSENTRIOL (lotincha centrum, Yunoncha kentrom — markaz, o’rta nuqta) — hayvonlar va ayrim o’simliklar hujayrasining membranasiz o’rganadi. Tsentriolni ingliz mikrobiologi F.Fleming kashf etgan (1875). Tsentriol Golji apparati yoniga joylashgan; diploid hujayralarda bir juft bo’lib, diplosoma deyiladi. Tsentrioldan biri yetuk (onalik), 2-si yetilmagan (qizlik) bo’ladi. Qizlik Tsentriol ona Tsentriolning kichik nusxasi hisoblanadi. Interfazaning sintez yoki undan keyingi davrida Tsentriol 2 hissa ortadi. Mitoz profazasida diplosomalar bir-biridan itarilib, mitoz dukini hosil qiladi. Poliploid hujayralarda Tsentriollar soni xromosomalar to’plami soniga mos keladi. Tsentriol yuksak o’simliklar, ba’zi zamburug’lar, suvo’tlar va ayrim sodda hayvonlarda bo’lmaydi. Tsentriol naysimon tuzilgan; uning devori 9 triplet mikronaychalardan iborat.